# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 220-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xabarlar va chaqiruvlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/220 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Sud protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)