# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 232-10-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/232-10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu bobda belgilangan qoidalar mediativ kelishuv tuzgan taraflarning mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi. Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan manfaatdor tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)