# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 235-modda. Yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/235 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Iqtisodiy sud yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda ishning saqlanib qolgan qismidan, ish yoʻqolguniga qadar undan yuridik shaxslar va fuqarolarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning koʻchirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor boʻlgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. Sud protsessual harakatlarni bajarish chogʻida hozir boʻlgan shaxslarni, sud qarorini ijro etgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yoʻqolgan sud ishini yoki ijro ishini koʻrgan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)