# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 240-modda. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha mutlaq vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/240 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining mutlaq vakolatlariga chet ellik shaxslar ishtirokidagi quyidagi nizolar boʻyicha ishlar kiradi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan nizolar boʻyicha, shu jumladan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish hamda jamoat ehtiyojlari uchun mulkni olib qoʻyish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha ishlar; 2) predmeti koʻchmas mol-mulk boʻlgan nizolar boʻyicha, agar bunday mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa, yoki bunday mol-mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha ishlar. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida chet ellik shaxslar ishtirokidagi boshqa ishlar ham iqtisodiy sudlarning mutlaq vakolatlariga kiritilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)