# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 260-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/260 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 34-bob. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari): tegishli tumanlararo iqtisodiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)