# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 261-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/261 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)