# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 263-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/263 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti; 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxs ish holatlari va dalillarga, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; 5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati. Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)