# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 271-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/271 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilganda va ushbu muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishga haqli. Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilingunga qadar boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)