# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 276-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish chegaralari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/276 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)