# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 28-1-modda. Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/28-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq ishlar jumlasiga “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan quyidagi arizalar boʻyicha ishlar kiradi: 1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi; 2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi; 3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi; 4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi; 5) taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi; 6) taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi; 7) dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi; 8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi; 9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi. Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha ushbu Kodeksning 29-1-bobida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi. Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4, 7 va 8-bandlarida sanab oʻtilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan faqat, agar arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan boʻlsa, koʻrib chiqiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)