# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 28-modda. Hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/28 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) daʼvoni taʼminlash yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar; 2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar boʻyicha ishlar; 3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar. Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 8, 28 va 29-boblarida koʻrsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)