# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 290-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/290 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari; 5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)