# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 308-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻradigan sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/308 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taftish tartibidagi shikoyat (protest): ushbu Kodeks 307-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan; ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan protest keltirilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)