# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 31-modda. Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/31 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar jumlasiga: tadbirkorlik faoliyatini va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha chet davlat sudlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi; tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha chet el arbitrajlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)