# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 323-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/323 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)