# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 326-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/326 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim yangi ochilgan holatlar boʻyicha shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan sud tomonidan qayta koʻriladi. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari va ajrimlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlar va ajrimlarni qayta koʻrish sud hujjatini oʻzgartirgan yoxud yangi sud hujjati qabul qilgan instansiya tomonidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)