# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/33 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik shaxslarga nisbatan daʼvolar ular davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida boʻlinmalari faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinmalar davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. Fuqarolarga nisbatan daʼvolar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga taqdim etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)