# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 343-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/343 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha daʼvogar foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi. Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoxud qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)