# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 35-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/35 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar arizachi davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudda koʻriladi. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar koʻchmas mulk joylashgan yerdagi sudda koʻriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)