# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 38-modda. Shartnoma boʻyicha sudlovga tegishlilik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/38 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bob:** 5-bob. Iqtisodiy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanishi mumkin. Eksterritorial sudlovga tegishlilik boʻyicha kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 33 yoki 34-moddalarida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni koʻradigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida koʻrsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)