# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 45-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/45 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, ishga daxldor boʻlmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar daʼvogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni daʼvogarning roziligi bilan ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)