# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 5-modda. Sud hujjatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinadi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalari sudlari qaror qabul qiladi. Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi. Kreditorning soʻzsiz talablariga doir arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud tomonidan sud buyrugʻi chiqariladi. Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi. Sud hujjatlari axborot tizimidan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shakllantirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)