# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 53-modda. Guvoh > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/53 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudning nizoni toʻgʻri hal etishi uchun ahamiyatga ega maʼlumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar — vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)