# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 7-modda. Qonun va sud oldida tenglik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudda nizolarni hal qilish yuridik shaxslarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligidan, kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)