# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. Sudga keltirib boʻlmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. Sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmaydigan holatda saqlash choralarini koʻradi. Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)