# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 87-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/87 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi. Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. Mutaxassisning maslahatini oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida savollar berilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)