# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 90-modda. Dalillarni taʼminlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/90 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Zarur dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ishni oʻz yuritishiga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur boʻlgan holatlar, dalillarni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)