# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 92-modda. Sud topshirigʻini bajarish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/92 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud topshirigʻi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha sud majlisida bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi majlisni oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. Sud topshirigʻining ijrosi toʻgʻrisida ajrim chiqarilib, u ishni koʻrayotgan sudga darhol barcha materiallar bilan birga yuboriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirigʻini bajargan sudga tushuntirish yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)