# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 98-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/98 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. Daʼvoni taʼminlash choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)