# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/103 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi ragʻbatlantirish ogʻzaki yoki yozma, boshqa ragʻbatlantirish choralari esa, yozma ravishda qoʻllaniladi. Ragʻbatlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qoʻllaniladi. Mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari haqida uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi. Mahkumga ragʻbatlantirish tarzida yil mobaynida koʻpi bilan ikkita posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruxsat berilishi mumkin. Ragʻbatlantirish tarzida mahkumdan ilgari qoʻllanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)