JIK · 111-modda

111-modda. Jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan boʻyin tovlash, shuningdek ichki tartib-qoidalar bilan taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.

Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.