# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 112-1-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzganlik oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/112-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi: manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida; manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan — maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan — turmaga qaytarish haqida. Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)