# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 115-modda. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati va taʼlimi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/115 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Mahkumlarni boshqa ishga oʻtkazishni korxona, muassasa yoki tashkilot manzil-koloniya maʼmuriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi. Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan oʻqishga ruxsat etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)