JIK · 116-modda

116-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi

Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni:

mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;

ushbu Kodeksning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar;

sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida oʻtkazilgan mahkumlar;

qasddan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;

ragʻbatlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan keyin turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar oʻtaydi.

Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.

Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.

Tarbiya koloniyasidan oʻtkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.