# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 117-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/117 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; oʻn ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)