# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 119-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/119 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv; sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; sakkizta posilka yoki yoʻqlov; sakkizta banderol olish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)