# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 121-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/121 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi boʻlgan summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv; olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; oltita posilka yoki yoʻqlov; oltita banderol olish huquqiga ega. Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)