# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 124-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/124 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tarbiya koloniyalarida: oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan; birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)