# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 125-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/125 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv; yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy taʼminot va boshqa jazo oʻtash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)