# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 126-modda. Tarbiya koloniyalarida qoʻllaniladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/126 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 102-moddasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari: muassasa hududidan tashqarida oʻtkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini koʻrishga yuborish; qisqa muddatli uchrashuv oʻrniga ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga erkinlikka chiqarish; hibsxonada boʻlish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida ragʻbatlantirilishlari mumkin. Jazoni oʻtash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu Kodeksning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qoʻllanilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)