JIK · 127-modda

127-modda. Hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash xususiyatlari

Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi.

Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.