# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 127-modda. Hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash xususiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/127 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi. Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)