# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 128-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/128 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)