# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 144-modda. Tarbiyaviy ish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/144 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan ular sodir etgan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy xavflilik darajasini va mahkumning shaxsi, shuningdek xulq-atvori hamda harbiy xizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib boriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)