# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 147-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatilganda jazoni almashtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/147 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)