# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 149-modda. Jazoni ijro etish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/149 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus moʻljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi. Mahkumlarni intizomiy qismga joʻnatish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jazoni intizomiy qismda oʻtash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qatʼi nazar, soldatlar (matroslar) holatida boʻladilar hamda belgilangan koʻrinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar. Intizomiy qismda jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan rejim talablariga rioya etishlari shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)