# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 153-modda. Mahkumlarning yozishmalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/153 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Intizomiy qismda mahkumlar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishi hamda joʻnatishi mumkin. Oʻz nomiga kelgan xatlarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Xat ichidagi taqiqlangan narsalar olib qoʻyiladi va ular yuzasidan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Xatlar va telegrammalarning mazmuni tekshirilmaydi. Mahkumlar joʻnatadigan xatlarni ochish taqiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)