# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 166-modda. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/166 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning maʼmuriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)