# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 17-modda. Prokuror nazorati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/17 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)