# Jinoyat-ijroiya kodeksi — 170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JIK/170 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi. Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi. Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa maʼmuriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JIK)